O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval davlat rahbari 2023-yilning dekabr oyida, undan avval esa 2022-yilning yanvarida qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi. 2021-yilda ham prezidentning ta’tili yanvar oyida bo‘lgandi.