Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekistondan Qozog‘istonga suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlar aholisi uchun insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida 15 ta yuk avtomashinasidan iborat insonparvarlik yuki shakllantirilib, yuklarni yetkazib berish bo‘yicha tashkiliy masalalar belgilab olingan. Uni prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh yetkazib beradi.

Insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.

“Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 milliard so‘mlik 100 tonna yuk jo‘natilgan.

Foto

insonparvarlik yordami, qozog‘istoninsonparvarlik yordami, qozog‘istoninsonparvarlik yordami, qozog‘istoninsonparvarlik yordami, qozog‘istoninsonparvarlik yordami, qozog‘iston