Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonning Dushanbe shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi. O‘zbekiston prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashdi. So‘ng Shavkat Mirziyoyev “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон

Oliy darajadagi muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy darajadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda Made in Uzbekistan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.

Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan, xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tdi.

ўзбекистон-тожикистон, шавкат мирзиёев, эмомали раҳмон