18-aprel kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

иттифоқчилик, тожикистон

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

иттифоқчилик, тожикистон

Tashrif davomida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat imzolandi. Ular orasida:

  • Sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari, xalqaro avtomobil va aviatsiya qatnovlari to‘g‘risidagi bitimlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnomalar;
  • Veterinariya va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • madaniyat va turizm sohasidagi hamkorlik, agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari;
  • Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va So‘g‘d viloyati, Qashqadaryo viloyati va Xatlon viloyati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va 2024−2026-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lari
  • hamda boshqa hujjatlar bor.