Rossiya tomonidan Ukrainaning Chernigov shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi, jumladan, ikki bola yaralandi, deb xabar bermoqda Ukraina IIV.

Chernigov viloyati rasmiylariga ko‘ra, shahar markaziga uchta raketa uchirilgan. Sakkiz qavatli bino vayron bo‘lgan, shuningdek, to‘rtta ko‘p qavatli uy, shifoxona, oliy o‘quv yurti va o‘nlab avtomobillarga zarar yetgan.

Favqulodda xizmatlar vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy halok bo‘lganlarga hamdardlik bildirdi. “Afsuski, qurbonlar soni ortishi mumkin. Agar Ukraina yetarlicha havo hujumidan mudofaa tizimlarini olganida va Rossiya terroriga qarshi kurashda dunyoning qat’iyati yetarli bo‘lganida, bu voqea sodir bo‘lmasdi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya tomoni zarba bo‘yicha hozircha izoh bermadi.