Yiliga ikki marta — bahor va kuzda Guanchjouda Xitoyning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri — Canton ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, unda butun dunyodan turli formatdagi 200 dan ortiq biznes sohasi vakillari ishtirok etadi. U 2002-yilda ochilgan va dunyodagi yirik ko‘rgazma markazlaridan biriga aylangan “Pazhou” markazida o‘tkaziladi.

artel, реклама

Tadbir uch bosqichda o‘tkaziladi, birinchi bosqich elektrotexnika mahsulotlari va maishiy texnika sanoatiga bag‘ishlangan. Artel 15−19-aprel kunlari ko‘rgazmada uy va oshxona uchun katta va kichik maishiy texnikaning o‘z brendi ostidagi barcha assortimentlarini taqdim etadi.

Birinchi Canton ko‘rgazmasi 1957-yilda tashkil qilingan va hozirda bu zamonaviy savdo ko‘rgazmasi eksport va import tovarlari uchun turli sohalarning ulkan platformasiga aylangan. Ko‘rgazmada 26 mingga yaqin xitoylik va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi, ko‘rgazma sessiyasida namoyish etilayotgan mahsulot turlari soni 150 mingdan oshadi.

Artel bunday tadbirlarda birinchi marta qatnashayotgani yo‘q. Kompaniya har yili nufuzli ko‘rgazmalarda elektrotexnika va elektronika sohasidagi innovatsion ishlanmalari va yangi mahsulotlarini taqdim etadi. Artel uchinchi bor o‘z mahsulotlarini Canton ko‘rgazmasida taqdim etmoqda. Bundan avval Artel Berlindagi IFA ko‘rgazmasida ishtirok etgandi, bu kompaniya mahsulotlari butunjahon maishiy texnika bozorida o‘z o‘rnini egallaganini va xalqaro standart talablariga to‘liq javob berishini yana bir bor isbotlaydi.

Reklama huquqlari asosida.