28-mart kuni soat 10:40 atrofida Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida Cobalt avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda MilliyTV telekanalining Millar dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli Cobalt haydovchisi Buxoro-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotib, boshqaruv paytida uxlab qolgan. So‘ng o‘zidan oldinda ketayotgan Isuzu yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda yengil transport vositasi haydovchisi hodisa joyida halok bo‘lgan. Mashina salonida bo‘lgan 31 va 22 yoshli fuqarolar jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan Tuproqqal’a IIB tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.