29-mart tongida AQShning Michigan shtati, Detroyt shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi. DAZN hamda Salita Promotions hamkorligida o‘tkazilgan ushbu oqshomning ikkinchi asosiy jangida superengil vazn toifasida IBA kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasga qarshi ringga chiqib, uni mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik bokschi 10 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va faoliyatidagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Jangdan so‘ng Ergashev intervyu berib, o‘zi mag‘lubiyatga uchragan jangni esladi va revansh so‘radi.

“Bu jangdan so‘ng, Sabriyel Matias bilan revanj jangini o‘tkazmoqchiman. Butun dunyo buni bilishi kerak, men o‘sha jangda yutqazganimning sababi bor. Uni tanlashda shubha qilmagandim, sog‘lig‘imdagi muammo sabab bo‘lgandi bunga. Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Butun dunyo bu jangni ko‘rdi: 3 raund yaxshi jang qildim. Menga yana TOP-10 talikda turuvchi biror sportchini bering, bundan keyin Matiasni bering. Menga u kerak”, — dedi Shohjahon Ergashev.

Ma’lumot uchun, Ergashev IBA kamari uchun jangda Sabriel Matiasga imkoniyatni boy bergandi. U Shohjahon Ergashevni texnik nokautga uchratgandi.