Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichining 4-turida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. 26-mart kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.

Hisob uchrashuvning 20-daqiqasida ochildi. Hujumchi Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullayev oshirib bergan to‘pni aniq yo‘llab, yana gol urdi.

Ikkinchi gol esa 63-daqiqada Hojimat Erkinov tomonidan kiritildi. U zaxiradan maydonga tushganidan 6 daqiqa o‘tib jarima maydonchasi tashqarisidan gol kiritdi.

Uchrashuvga hujumchi Oston O‘runov nuqta qo‘ydi, u darvozabon bilan yakkama-yakka holatdan unumli foydalandi.

Bosh murabbiy Srechko Katanets betobligi tufayli o‘yinda ishtirok etmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda ketmoqda, parallel o‘yinda Turkmanistonni mag‘lub etgan Eron (10) peshqadam bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston 2026-yilgi jahon chempionati uchinchi saralash bosqichiga, shuningdek, 2027-yilgi Osiyo kubogi final turniriga yo‘l oldi.

Video

Surat

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash

futbol, gonkong, jch-2026 saralash