22-mart kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.

Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 5,4. Chuqurligi esa 15 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 313 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 3 ball, 122 km.
  • Andijon viloyatida 2−3 ball, 172 km.
  • Namangan viloyatida 2−3 ball, 192 km.
  • Sirdaryo viloyatida 2 ball, 294 km.
  • Toshkent shahrida 2 ball, 313 km.