20-mart kuni Toshkent shahri IIBB YHXB Sergeli tumani Fayzli ko‘chasi bo‘ylab 170−180 km/soat tezlikda harakatlanib, bu holat aks etgan videoni internetga joylashtirgan ikki haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Tahoe (01X080KB) haydovchisi — 1998-yilda tug‘ilgan Axror va BYD Song Plus (01U081DC) haydovchisi — 1989-yilda tug‘ilgan Sirojiddin o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan, — deyiladi xabarda.

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-³-moddasiga asosan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ushbu moddaga muvofiq, belgilangan tezlikni (60 km/soat) 40 km/soat dan ortiq oshirib haydash bazaviy hisoblash miqdorining 9 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu 3,06 million so‘m yoki 245 dollardan kamroqqa teng.

Shuningdek, haydovchilar bilan “profilaktik suhbat” o‘tkazildi, deb xabar qildi YHXB.