Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi fevral oyida 1,6 foizga oshib, kvadrat/metrga 1140 dollarni tashkil etdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha sharhida.

Poytaxtning uchta tumani Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroyda narxlar 2 foizdan 6 foizgacha oshgani qayd etildi. Bektemir va Uchtepa tumanlarida esa ikkilamchi uy-joylar mos ravishda 1,1 foiz va 0,4 foizga arzonladi. Umuman, Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori yil davomida 17,3 foizga o‘sdi. O‘sish sur’atlarining 2,7 foiz punktiga pasayishi kuzatildi.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziInfografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Mamlakat bo‘yicha fevral oyida ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 22,2 mingta shartnoma tuzildi. Bu yanvar oyiga nisbatan 2 foizga ko‘p.

Infografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziInfografika: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Fevralda mamlakat ikkilamchi uy-joy bozori 0,8 foizga o‘sdi. Yillik hisobda ikkilamchi narxlar 14,1 foizga oshdi. Eng sezilarli o‘sish Toshkent (26 foiz), Buxoro (24,1 foiz) va Andijon (24,0 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Oy davomida ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 22,2 mingta shartnoma tuzildi. Bu yanvar oyiga nisbatan 2 foizga ko‘p.

Hududlar bo‘yicha yil boshida bir qator hududlarda qayd etilgan faollikning pasayishi fevral oyida to‘liq tiklandi. Yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (14 foiz), Andijon (16 foiz) va Farg‘ona (13 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat

Uy-joy ijarasi bozorida narxlarning pasayishi kuzatildi. Yanvar oyida ijara bozori 2,2 foizga pasaygan bo‘lsa, fevral oyida esa 1,1 foizga pasayib, 1 kvadrat metr uchun 8,9 dollarni tashkil etdi. Yillik hisobda ijara haqining eng ko‘p pasayishi Olmazor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida 13 foizdan 18 foizgacha qayd etildi. Bektemir va Shayxontohur tumanlarida esa oylik ijara haqi oshdi, bu yerda uy-joyni ijaraga olish mos ravishda 3,5 foiz va 2,5 foizga qimmatladi.

Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Bu tumanlarda uy-joyni ijaraga olish o‘rtacha kvadrat metr uchun 11 dollarga tushadi. Nisbatan arzon uy-joy ijarasi Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda va kvadrat metr uchun 6 dollardan 8 dollargacha o‘zgarib turadi.