24-fevral kuni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Qatarning Doha shahridagi dizayn biyennalesida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasini taqdim etdi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Jamg‘arma biyennaleda ishtirok etishga O‘zbekistonning hunarmandchilik merosini namoyish etish uchun taklif qilingan. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar yog‘och, ikat shoyisi va baxmal matosidan tayyorlangan buyumlarni tomosha qilishlari mumkin.

Ko‘rgazmada 49 ta qo‘l mehnati namunalari, jumladan, dizayner Nada Debs va o‘zbekistonlik usta Sirojiddin Rahmatillayev hamkorligidagi asarlar namoyish etilmoqda. O‘z hamkorliklarida ular tashrif buyuruvchilarga an’anaviy mebel unsurlarining zamonaviy talqinini taqdim etadilar.

“Mazkur hamkorlik biyennale oldida turgan eng muhim maqsadlardan birini amalga oshirishga, ya’ni tashrif buyuruvchilarga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika dizaynerlarining ijodiy salohiyati haqida keng tasavvur berishga yordam beradi. Maqsadimiz dizaynni meros va innovatsiyalarning ajoyib uyg‘unligi sifatida taqdim etishdir. „Hunarmand O‘zbekiston“ ko‘rgazma loyihasi esa ushbu mato suratning o‘rnini bosib bo‘lmas ipdir”, — dedi Qatar muzeylar idorasi rahbari Shayx ol-Mayassa bint Hamad bin Halifa Ol Soniy.

Doha dizayn biyennalesining bosh mavzusi bo‘lmish “Mintaqaviy dizayn mukammalligi tantanasi”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamg‘arma Bahrayndagi “Shepherd” studiyasi bilan innovatsion va zamonaviy ko‘rgazma dizaynini yaratish uchun hamkorlik qilmoqda.

доҳа, мадаniят va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

“Loyihaning tayyorlash uchun mas’ul jamoamiz an’anaviy hunarmandchilik, shu jumladan qo‘l mehnati bilan to‘qish va yog‘och o‘ymakorligini namoyish etishga favqulloda alohida e’tibor qaratdi. Mazkur loyiha tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonni yangi nuqtai nazar — eng ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish va qo‘llash bilan tarixiy ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylayotgan mamlakat sifatida ko‘rish imkonini beruvchi innovatsion yondashuvlarni o‘z ichiga oladi”, — dedi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.

31 ming lentikulyar nom va 26 million ipdan foydalanilgan “optik kashta”ning betakror konseptual yondashuvini qo‘llash sharofati bilan tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi muhitiga sho‘ng‘iydilar. Ko‘rgazma g‘oyasi makonning estetik afzalligini yoritish, ayniqsa ranglarning o‘ziga xosligiga urg‘u berish ko‘zda tutilgan.

Ko‘rgazma ochilishida, shuningdek, prezident yordamchisi Saida Mirziyeyova ham qatnashdi.

“Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman. Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi”, — dedi u.

Ma’lumot uchun, ko‘rgazma 30-martga qadar davom etadi.