Batirbek Tulepbergenovich Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kaipbergenov 1970-yilda Nukusda tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 1998-yilda esa Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan, texnika fanlari doktori sanaladi.

2004-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

U shu kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni Tulepbergen Kaipbergenovning o‘g‘li hisoblanadi.