Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Suriya bilan durang o‘ynadi. 14-yanvarga o‘tar kechasi Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

O‘zbekistonliklar to‘pga ko‘proq egalik qildi, ammo birinchi bo‘limda Suriya ustunlik ko‘rsatdi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida terma jamoa bosimni oshirdi, Suriya gol kiritgan bo‘lsa-da, o‘yindan tashqari holat tufayli hisobga olinmadi.

Yarimhimoyachi Abbos Fayzulayevning harakatlaridan so‘ng o‘yin so‘ngida darvoza tomon birinchi zarba yo‘llandi. Shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Igor Sergeyev gol kiritishga harakat qildi, ammo suriyalik darvozabon hisob ochilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Eldor Shomurodov jarohati sabab turnirdagi yakuniy tarkibga kiritilmagandi.

Bosh murabbiy Srechko Katanets shogirdlari Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalari bilan “B” guruhidan joy olgan. Birinchi tur yakunlariga ko‘ra, Avstraliya Hindistonni 2:0 hisobida mag‘lub etib, peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston va Suriya mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turibdi (har biri 1 ochkodan).

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

Jamoa Hindistonga qarshi navbatdagi o‘yinni 18-yanvar kuni soat 19:30 da o‘tkazadi.

Futbol bo‘yicha 2023-yilgi Osiyo kubogi 12-yanvardan 10-fevralgacha Qatarda bo‘lib o‘tadi, unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga a’zo mamlakatlar terma jamoalari qatnashadi. Chempionlik unvonini mezbon Qatar terma jamoasi himoya qiladi. Turnir dastlab Xitoy tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, biroq mamlakat COVID-19 epidemiyasi tufayli 2022-yilning may oyida mezbonlikdan bosh tortgan.

Statistika

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

Foto

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол

осиё kubogi 2023, сурия, футбол