Norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen yettinchi bor blits bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Turnir 29−30-dekabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.

vaлентина гунина, магнус карлсен, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati, шахмат

Blits bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblari. Daniil Dubov, Magnus Karlsen va Vladislav Artemev. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Blits bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblari. Daniil Dubov, Magnus Karlsen va Vladislav Artemev. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

21 ta tur yakunida Karlsen 16 ochko jamg‘ardi. Ikkinchi o‘rinni rossiyalik Daniil Dubov (15,5 ochko), uchinchi o‘rinni uning hamyurti Vladislav Artemev (15) egalladi.

vaлентина гунина, магнус карлсен, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati, шахмат

Rapid bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari. Vladimir Fedoseyev, Magnus Karlsen va Yuy Yan’i. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Rapid bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari. Vladimir Fedoseyev, Magnus Karlsen va Yuy Yan’i. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

33 yoshli norvegiyalik sportchi 2009, 2014, 2017, 2018, 2019 va 2022-yillarda blits bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgandi. Zamonamizning eng kuchli shaxmatchisi ketma-ket ikkinchi yil rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida “oltin dubl”ga erishdi.

Turnir davomida Daniil Dubov hamyurti Yan Nepomnyashiy bilan janjallashib qoldi. Ular 11-tur o‘yinini atigi 12 ta harakatdan so‘ng durang bilan yakunladi. Turnir bosh hakami o‘yin natijasini oldindan kelishilgan deb hisobladi, natijada ikkalasiga 0,5 emas, 0 ball berildi.

O‘zbekiston vakillaridan esa Shamsiddin Vohidov 12,5 ochko bilan 29-o‘rin bilan eng yaxshi natija ko‘rsatdi. 40-o‘rinni egallagan Nodirbek Yoqubboyev ham shuncha ochkoga ega bo‘ldi. Javohir Sindarov 12 ochko bilan 49-o‘rinda, so‘nggi olti turda 4 ta mag‘lubiyat alamini totgan Nodirbek Abdusattorov 60-o‘ringa (11,5 ochko) joylashdi.

Yakuniy jadval

vaлентина гунина, магнус карлсен, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati, шахмат

Blits bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida rossiyalik 34 yoshli Valentina Gunina 17 turda 14 ochko jamg‘arib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shveysariya sharafini himoya qilgan rossiyalik Aleksandra Kostenyuk ikkinchi o‘rinni egalladi. Xitoylik Chju Sziner uchinchi o‘rinni oldi.

O‘zbekiston vakillari o‘rtasida eng yaxshi natijani 17 yoshli Umida Omonova ko‘rsatib (9,5 ochko), 118 nafar shaxmatchi orasida 34-o‘rinni egalladi. 14 yoshli Afruza Hamdamova 72-o‘rinni egalladi (8 ball).

Yakuniy jadval

vaлентина гунина, магнус карлсен, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati, шахмат

Eslatib o‘tamiz, 26−28-dekabr kunlari Samarqandda rapid bo‘yicha, 29−30-dekabr kunlari esa blits bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.