Kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining keskin sovishi munosabati bilan 30-dekabrdan 2-yanvargacha O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

Avvalroq xabar berganimizdek, juma kunidan O‘zbekistonga sovuq hamda nam havo kirib keladi va harorat 0 darajagacha tushadi. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.