Prezidentning 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq tashqi ishlar vazirining yangi o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Bahromjon A’loyev. Foto: TIVBahromjon A’loyev. Foto: TIV

2022-yil noyabridan beri tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon Jo‘raboyevich A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi.

A’loyev oldin O‘zbekistonning Kuvaytdagi muvaqqat ishlar vakili maslahatchisi lavozimida ham ishlagan. Diplomat 2008−2012-yillarda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqargan, Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat ko‘rsatgan.

Muzaffarbek Madrahimov.Muzaffarbek Madrahimov.

Muzaffarbek Anvarbekovich Madrahimov TIV rahbarining o‘rinbosari bo‘ldi. U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika (2018-yildan), Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

Rahmatulla Nurimbetov.Rahmatulla Nurimbetov.

Shuningdek, Rahmatulla Ibragimovich Nurimbetov ham vazirga o‘rinbosar etib tayinlandi. Nurimbetov bungacha TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbar bo‘lgan.