Bayram kunlari Toshkent metropolitenining ishlash grafigi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yil 31-dekabr yakshanba — dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi.

Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023-yil 30-dekabr, 2024-yil 1−2-yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanishi xabar qilingandi.