26-dekabr kuni Samarqandda rapid bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Tezkor shaxmat bo‘yicha ochiq va ayollar o‘rtasidagi turnirning ilk kunida 270 nafar shaxmatchi kuch sinashdi.

Foto: FIDE.Foto: FIDE.

Musobaqa Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) an’analariga asosan tantanali birinchi yurishlar bilan boshlandi. Ochiq turnirning ilk yurishini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullayev, ayollar o‘rtasidagi turnir ilk yurishini esa FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich amalga oshirdi.

Magnus Karlsen i Timur Gareyev. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Magnus Karlsen i Timur Gareyev. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

To‘rt tur yakunlariga ko‘ra, AQSh sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Timur Gareyevgina 100 foizli natija qayd etgandi. Beshinchi raundda u rapid va blits bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsenga imkoniyatni boy berib, turnir jadvalidagi birinchi o‘rnini boy berdi.

Ilk pog‘onani 4,5 ball bilan Magnus Karlsen, 2022-yilgi Hindiston chempioni Arjun Erigaysi, bolgariyalik Ivan Cheparinov, xitoylik Yuy Yan’i va hindistonlik grossmeyster Vidit Santosh Gujrati bo‘lishib turibdi.

Fabiano Karuana. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Fabiano Karuana. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

Barcha kuchli shaxmatchilar ham turnirni yorqin boshlamadi. Amerikalik Fabiano Karuana o‘zining ilk g‘alabasini uchinchi raundga kelibgina qo‘lga kiritdi, biroq so‘nggi turda Pavel Ponkratovga qarshi kechgan qiyin o‘yinda qoqilib, kunni 3 ochko bilan yakunladi. Unga gollandiyalik Anish Giri ham qo‘shildi, Girining starti omadli bo‘lmadi va rapidda reytingi undan 200+ ballga pastroq bo‘lgan Klementiy Sichevga g‘oliblik pozitsiyasini boy berdi.

Nodirbek Yoqubboyev. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Nodirbek Yoqubboyev. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

O‘zbekiston vakillari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich Nodirbek Yoqubboyevда — 3,5 ochko bilan 31-o‘rin. Nodirbek Abdusattorov Gollandiya va AQSh vakillari ustidan g‘alaba qozondi, hindistonlik Sunildut Narayanandan mag‘lubiyatga uchradi, rossiyalik 54 yoshli Aleksey Dreyev va serbiyalik Aleksandr Injich bilan durang o‘ynadi. U 3 ochko bilan 57-o‘rinda bormoqda.

Jaxongir Vohidov. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Jaxongir Vohidov. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

Jaxongir Vohidov (70-o‘rin) va Shamsiddin Vohidov (78-o‘rin) 3 ochko bilan turnir jadvalining oxirgi pog‘onalarida joylashgan. Jahongir Vohidov (2527) rapiddagi reytingi undan deyarli 500 pog‘ona pastroq bo‘lgan rossiyalik 8 yoshli Roman Shogjiyevga yutqazib, birinchi davraning asosiy sensatsiyasini qayd etdi. Ushbu o‘yinda yuqori darajadagi turnirlarda kam uchraydigan mot hosil bo‘ldi. Buni Vohidov asosiy e’tiborini murabbiylik faoliyatiga qaratishi va musobaqalarda tez-tez qatnashmasligi bilan izohlash mumkin.

Javohir Sindarov 2,5 ochko bilan 92-o‘rindan joy oldi.

Ayollar o‘rtasida to‘rtta tur o‘tkazildi. 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan xitoylik Chju Sziner va bolgariyalik Nurgul Salimovalar ertaga o‘zaro bahs olib boradi. Keyingi o‘rinlarda 3,5 ochko jamg‘argan olti nafar shaxmatchi, jumladan, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova va hozirda AQSh sharafini himoya qilayotgan, 2023-yilgi ayollar o‘rtasidagi AQSh chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova joylashgan. Ular 117 nafar ishtirokchi orasida mos ravishda 5 va 4-o‘rinlarni egallab turibdi.

Umida Omonova. Foto: Bunyod Rustamov.Umida Omonova. Foto: Bunyod Rustamov.

Gulruhbegim Tohirjonova. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Gulruhbegim Tohirjonova. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

O‘zbekistonlik shaxmatchilardan 2,5 ochko jamg‘argan va faqat turnirning reyting-favoriti bo‘lgan xitoylik Szyuy Venszyunga imkoniyatni boy bergan Marjona Malikovani ham alohida ta’kidlash mumkin. Hozirda u 36-o‘rinni egallab turibdi.

To‘rt nafar kuchli va tajribali raqib bilan to‘qnash kelgan Afruza Hamdamova eronlik xalqaro master Sarasadat Xademalsharex va gruziyalik grossmeyster Nino Batsiashvilini mag‘lubiyatga uchratib, 2 ochkoga ega bo‘ldi.

5 tur natijalariga ko‘ra turnir peshqadamlari

jahonгiр воҳiдов, магнuс карлсен, нодiрбек абдuсатторов, rapid va blits bo‘yicha jahon chempionati, shaxmat

Musobaqaning ikkinchi kuni 27-dekabr soat 15:00 dan boshlanadi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida 4 ta tur o‘tkaziladi. Rapid chempionatining hal qiluvchi kuni 28-dekabrga to‘g‘ri keladi.