Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Hisor” davlat qo‘riqxonasining 40 yillik tarixida birinchi marotaba Ekologiya vazirligi tizimidagi qo‘riqxona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqonga noyob ko‘chib yuruvchi hayvonlar muhrlandi. tomonidan o‘rnatilgan foto-videoqopqonlar orqali qor qoplonlarining to‘dasi tasvirga olindi. Bu haqda qo‘riqxona axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, avvallari ular 1−2 tadan uchragan. Qo‘riqxona hududlarida o‘tkazilgan kuzgi monitoring natijalariga ko‘ra noyob qor qoplonlarining 50−52 boshi yashayotganligi aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, ularning bunday katta to‘dasi ilk bora Xitoyda uchragan. Yer yuzidagi 12 ta davlatda uchraydigan qor qoplonlari atigi 4500 tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 11-dekabrdan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Unga ko‘ra qor qoplonlarini noqonuniy ovlash bazaviy hisoblash miqdrining 3000 barobari (1 milliard 20 million so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.