“Zabarjad media” nashriyoti 2023-yil oktabrida 1910−1920-yillarda — jadidlar davrida eski o‘zbek alifbosida chop etilgan va bir asrdan beri tabdilini kutib yotgan sakkiz to‘plamni “Jadid kulliyoti” turkumida lotin yozuvida chop etdi. Filologiya fanlari doktori Shahnoza Nazarova g‘oyasi va nashriyot direktori Ma’mura Qutliyeva tashabbusi bilan tayyorlangan kulliyotdan “Sabzazor”, “Buloqlar”, “Uyg‘onish”, “Adabiyot parchalari”, “Ichkari”, “O‘zbek yosh shoirlari”, “Ulug‘ Turkiston”, “Go‘zal yozg‘ichlar” to‘plamlari joy olgan. “Gazeta.uz” tahririyati “Zabarjad media” nashriyoti ruxsati bilan hafta davomida kulliyotga kiritilgan to‘plamlardan parchalar berib boradi.

E’lon qilinadigan ilk material kulliyotning yettinchi to‘plami hisoblangan “Ulug‘ Turkiston"dan olindi. “Ulug‘ Turkiston” 1917-yil 25-apreldan 1918-yil noyabrga qadar o‘zbek va tatar ziyolilari tomonidan chiqarilgan shu nomli gazetada e’lon qilingan materiallar va ularning izohli bibliografiyasidan iborat bir to‘plamdir.

“Muhim jihat shundaki, gazetada jadid adabiyotining yetuk namoyandalari — Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Hamza asarlari, maqolalari chop etilgan. Ulardan bo‘lsa biz hanuzgacha yetarlicha xabardor emasmiz, bu materiallarni ularning tanlangan asarlariga kiritgan, tadqiq etgan ham emasmiz. „Ulug‘ Turkiston“ gazetasi shildiroq qog‘ozda bosilganini va daqiqa sayin puturdan ketayotganligini hisobga olsak, ularni o‘rganish, saqlab qolishga kechiktirib bo‘lmas zarurat tug‘iladi”, deb yozadi to‘plam so‘zboshisida tadqiqotchi Akmal Azzamqulov.

“Ulug‘ Turkiston” gazetasining 1918-yil 26-mart sonida e’lon qilingan va “Jadid kulliyoti"ga ham kiritilgan Mustafo Cho‘qayning xati Turkiston muxtoriyatiga 106 yil to‘lgan shu kunlarda ayniqsa e’tiborga molik ko‘riladi. Turkiston muxtoriyati hukumatining rahbari hisoblangan Mustafo Cho‘qay o‘z xatida muxtoriyat tugatilishiga doir ayrim tafsilotlarni bayon qilish bilan birga quvg‘inlikning dastlabki kunlarida qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani, ikki bor qanday qilib o‘limdan omon qolgani haqida hikoya qiladi.

Xat matni bundan bir asr muqaddam “Ulug‘ Turkiston” gazetasida qanday e’lon qilingan va kulliyot mualliflari tomonidan qanday tabdil qilingan bo‘lsa, shunday ko‘rinishda berildi.

jadid kulliyoti, jadidchilik, jadidlar, mustafo cho‘qay, turkiston muxtoriyati

Mustafiy Cho‘qayef xati

31-yanvar kunduz soat 12 da Ho‘qand bolsheviklarи­ning bizga bergan ultimatumin tekshirub o‘tirg‘onimizda, bir to‘qtovsiz miltiq ota boshladilar. Bu miltiq otuvchilar bolsheviklar bo‘lub chiqdi. Bolsheviklarning ultimatuminda bizga 3 soat muddat tayin etilgan va ul muddat so‘ng 2 soat 20 minutda to‘lachaq edi. Ne uchundir olar o‘z shartnomalarina xilof harakatka kirishub, muomala yo‘lin kesdilar. “Sho‘roi islomiya” yurtinda hukumat kishilarindan boshqa xalq-da jiyulg‘on edi. Bolshevik soldatlari yaqinlashub kelalar degan xabarni эши­туб, boshqa xalq taralg‘on kibik hukumat kishilari-da, ikkinchi bosh qo‘sharg‘a yo‘l qolmag‘ach, тара­лишдилар. Chunki xalq muvaqqat hukumatning: “Aliyda bo‘lsa kelishurmiz, bolsheviklarga qarshi qurol ko‘tarmangiz”, degan so‘zina quloq solmiy, har qayusi borincha so‘g‘ish asboblarin olub, o‘ramg‘a chiqdilar. Bolsheviklarning va’dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko‘nglina, olar muvaqqat hukumatkagina tugal, butun xalqg‘a qarshi harakat boshladilar, degan qo‘rquv soldi. Bu vaqt му­vaққат hukumatning yo‘li butunlay kesilgan edi.

Ho‘qandda bo‘lg‘an bu ko‘ngulsiz voqeaning siyosiy sabablarin boshdan-oyoq hozirgi zamon ko‘tarmiy. Men bunda voqea boshlang‘ach o‘z boshimdan o‘tkan hollarning ba’zilarin yozam, tekshira tushkan kishilar shundan-da boytaq narsa onglarlar.

Men bolsheviklarning o‘g‘indan qochub, Ҳo‘qа­нд тег­раsindaги qishloqlarda sartiya qardoshlarimiz orasinda 5−10 kun yurdim. Shul ozg‘ina muddatda chekkan jabr-jafolarimni dushman bo‘lsalar-da xudoy tole bolsheviklarga-da ko‘rsatmasun…

Ergash qaroq[chi] bosh bo‘lub, Ho‘qandda sartlar bolsheviklar bilan so‘g‘ish boshlag‘onda, olar yengilamiz degan so‘zni eslarina ketirmadilar. Shuning uchun olar endi sart zamonasi keldi, Ergashni xon etamiz, Farg‘onada sartiyadan boshqalarning jonin qoldirmiymiz, qozoq bilan bolshevikning farqi yo‘q, no‘g‘aylar bo‘lsa musulmon emas, chunki Ho‘qandda bir no‘g‘ay муаллими­ning oyog‘in qiblag‘a suzib yo‘qlab yotqanin ko‘rdik, deb qishloq sartlari sartlardan boshqa xalqning barisin-da qiru niyati bilan qo‘llarina bolta, pichoq, cho‘t, ketmon, o‘roq, ib-zanjirlar olub, o‘ram to‘lub yurdilar. Bolsheviklardan qochub, musulmon og‘aynimiz deb yordam kutub, men shul xalq orasina kelub kirganman.

20-fevral chahorshanba kun Kavxona degan qishloq­dan, butun Farg‘onaga belgili Mo‘ymarak qishlog‘inda yashavchi bik mashhur bir zotning bolasi bilan birga Eloch qishlog‘in o‘tub, Qumboshi qishlog‘ina keldik. Yo‘ldoshim otda, men yayov edim. Chunki sartlar oqcha barobarina-da yollab minurga-da menga ot bermadilar. Ustimdagi kiyumlarim sartcha bo‘lub, oyoqda chetang kovush, ustimda olachopon, boshimda Qazon kibik zo‘r oq chalma edi. Borachaq yerim belgusiz bo‘lg‘ang‘a, Ho‘qandda so‘g‘ish bosilg‘oncha o‘zimizning sartlar orasinda xavf-xatarsiz kun kechiruv xayoli meni bir qishloqdan ikkinchisina tentirata edi. Qumboshig‘a kelib yetuv bilan qurollang‘on yigirmi qadar sartlar kelub tutub, meni tekshirarga kirishdilar:

— Ho, sen kimsang?
— Musulmonman.
— Nendi musulmonsang?
— Qozoqman.
— Qozoq qachondan berli musulmon?
— Almisoqdan berli musulmon.
— Qozoqning musulmonlig‘ina bizning sheykimiz bor?
— Sizning shakingiz bo‘lsa, bizning qozoqning shahdi bor.
— Shahdi narsa, qaya ayt?
— Shohidi kalimayi tavhid (tavhid kalimalarin aytib chiqdim).

Shu shunday tekshiruvlardan so‘ng-da menim musulmonlig‘ima tamom ishonub yetmadilar. Bu g‘ay tanlarimni tutqalab, musulmonchiliqning ko‘rinub turg‘an “nishona"sin izliy boshladilar. Shul vaqtda menim bir otinadan berli birga yurgan yo‘ldoshim sart menga ot ustinda kulub turuvdan boshqa bir yordam-da ko‘rsatmadi. Ul butun Farg‘onada mashhur bir zotning o‘g‘li bo‘lu safti bilan bunday o‘rinlarda bir oviz so‘zi bilan menim kibiklardan yuzin qutqararg‘a kuchi yetsa-da, yuqoridag‘i hollardan so‘ng ul otina қам­chi sug‘ub, meni tashlab yo‘linda davom etdi.

Sart­лар menim musulmonlig‘imda shubha toba olmag‘ach: “Sen qozoq munda nishlab yuriysang?” deb so‘radilar. Men bir so‘z-da yolg‘on qo‘shmiycha voqeaning borin so‘ylab, bik mashhur bir zotning uyinda bir necha kun qo‘noq bo‘lg‘onlig‘imni-da bildirdim. Olar ul kishining uyinda mehmon bo‘lg‘aning durust bo‘lsa, nega seni ­oning o‘g‘li tashlab ketdi, dedilar. Men ne deb javob berarga-da bilmadim. Yo‘ldoshimning ko‘nglina alam to‘lub yo‘ldoshliq haqqin haqlarg‘a-da o‘run qolmag‘ondir deb o‘yladim. Shundan so‘ng sartlar: “Bizga baribir, bu kim bo‘lsa ul bo‘lsun, qaydan chiqsa ondan chiqsin, sart tugalligi haqiqat, onasindan o‘zi-da tanimiy o‘tirga ке­рак, hozir zamon sartniqi, bizga qozoq-da, bolshevik-da bir”, deb qo‘limdan yetaklab, o‘ram bo‘yincha: “Qozoq tutdiq!” deb qichqirub, kishilar jiyub, qishloqning chetina olub ketdilar.

Meni o‘tirga jiyilg‘on xalq 70−80 qadar bo‘lub, har qayusining qo‘linda miltiq, oybolta, xanjar, pichoq, cho‘qmor kibik narsalar bor edi. Zo‘r o‘ramning oyrilg‘on yerinda meni bir o‘lgan og‘ochning tubina o‘tirtub, o‘tru harakatina kirishdilar. Ikki qo‘lim ortima baylavli, ikki ko‘zim baylavli, mo‘ynimda qora qayishdan bo‘lalaq bo‘lg‘ani holda jonimni olg‘anlarin kutub o‘tirdim. Sartlarning neti meni ikki oyog‘imdan og‘ochqa osub otub o‘tiru edi. Boshqalardan ko‘ra menga rahmlari kelgangamaydir, pitra (o‘q) bilan otsaq joni qiynalur deb, miltiqqa yalingiz o‘q soldilar.

Xudoning ajib qudratina, adilligiga hech-da gumon ketirub bo‘lmi, naq ushbu o‘rinda Ollohning yordami meni qarshi oldi. Meni osabiz deb tayyorlanub turg‘anda bir sart kelub: “Siz buni qozoq deysiz, qozoq­ning-da turlisi bor, bu o‘zi nendi qozoq ekan, ko‘rayik”, deb ko‘zlarimni cheshtirub yuzima qarab turub, jilag‘on holda: “Assalom alaykim, Mustafiy afandi”, deb boylovli qo‘llarimni cheshub, mo‘ynimdag‘i tuzoqni pichoq bilan kesub, o‘rnimdan turg‘uzub, ikki ko‘zina yosh to‘lg‘ali holda, hoziruvinga menim kim ekanligimni so‘yladi. Haqiqatni onglag‘ach, meni o‘tirirga jiyilg‘an xalq ul fikrlarindan voz kechub, meni Ho‘qandg‘a Ergash qaroqchining o‘zina yuborarga qaror berub, shaharga boruvchi bir yo‘lchining ortina mindirub uzatdilar. Tegi meni qutqaruvchi sartning ismin bilmayim, o‘tgan yil mardikor bo‘lub, ichki Rusiyag‘a borub-da jabr-zulmg‘a chiday olmiy Farg‘onag‘a qochub qaytub kelganin-da, Petrburg‘da menga uchrab yo‘l xarajatina oqcha olub yurtina qaytqan va ondin boshqa menim Petrog‘rad ham Turkistonda ishlagan ishlarimdan xabardor ekan.

Qumbostidan quvilg‘an orestant shekilli, yug‘orida aytilmish, Elach qishlog‘i orqali Govxonaga safar etdik. Elach va Govxona orasinda bir soy bor. Shul soyning boshinda o‘tkan-borg‘anni tekshirub turuvchi qurolli uch sart uchrab, menim shaharga ixtiyorsiz quvulub borға­нимни bilgach, meni o‘tub o‘tirarga qaror berdilar. Otdan tushurub meni yorboshina o‘tratdilar. Meni birinchi o‘limdan qutqarg‘an sart Qumboshida qoldi, endi businda menim Allohdan boshqa yordamchim yo‘q, nechik-da tezrak o‘lsam ekan deb ko‘zlarimni qoblab o‘tirdim. Jallod sart o‘zining merganligina ishonub (menim, jurakka ko‘zlab ot, tezrak qiynalmiy o‘larman deyuvima quloq solmiycha) ko‘zlar-ko‘zlamas otdi ше­килли, o‘q “juv” etub yonimdan o‘tub ketdi. Bundan so‘ng sartlar: “Badbaxtning baxti bor ekan”, deb я­нгиdan otqa mingashdirub uzatdilar.

Гов­xonаga yetkanda eligi qishloqlarnig bo‘lisi uchradi. Ul meni ilkdan toniy ekan. Hol-ahvolimni so‘rashub bilkach, yonimdagi sart­ларни ochuvlanub, sizlarning o‘zlaringizni o‘tiru ке­рак, deb olarni quvub yubordi va meni o‘z uyina ketirub qo‘noq qilg‘ach, menim tilavum bo‘yicha yonima yigit qo‘shub, Qudach bo‘lisina toba uzatdi. Ko‘rnazar degan qishloqda Qudach bo‘lisina uchrab, oning-da balodan qutqara olmayachag‘ina ko‘zim yetkach, keriy Govxonaga kelub, Ҳў­қанд so‘g‘ishi bosilg‘oncha onda bo‘ldim.

Ho‘qand so‘g‘ishi bosildi. Ergash qaroqchining qochub ketub, shaharning bolsheviklar qo‘linda qolg‘an xabari taraldi. So‘ngra “Sart zamoni"ning yo‘g‘olg‘onin sezub, “Ichindan jilay chig‘ub suvalg‘on qorin” shekilli, jim bo‘ldilar. Qishloq sartlari­ning fe’lin bilgach, nechik-da olarning orasindan keturga tirishdim. Oqchag‘a ot yo oraba tobolmiy, yo‘l boshlarga yo‘ldosh bo‘lmiy, bik qiynaldim. Zamonasi kelgan sartlar qishloqlarning ismin aytmiy, yo‘l ko‘rsatmiy, я­yoв yurub tamom holsizlanub kelganimda tomog‘imni juvishlarlik-da, choy bermiycha yetarlik xo‘rliqlar ko‘rsatdilar. Ikki kun ilk sartdan boshqaning barisin qiramiz, sen qozoqsang, deb o‘ltirmakchi bo‘lg‘anlari va yug‘orida ishlagan ishlarina bik qiynalg‘on bo‘lsam, endi bolsheviklar olg‘ach xon etmakchi bo‘lg‘an Ergashlarining qochqanlig‘indan so‘ngra bu shoshqan sartlarning menga yo‘l ko‘rsatub, motashuvlari jonimni ikkinchi marta azobladi.

Ikki kun jayov yo‘l yurgach, Dog‘iston ismli qishloqg‘a keldim. Onda 900 so‘mg‘a ot olub, 290 so‘mg‘a yo‘ldosh yollab, “Qozoq-qirg‘iz qaydasang”, deb qorli tovlar osha yo‘naldim. Va shul yerda sartlarg‘a “Xo‘sh!” aytdim. Ko‘rganlarim ko‘b bo‘lsa-da, barisin yozarg‘a bir tarafdan azob, ikkinchi tarafdan vaqtim musodaa etmadi.

Do‘st ko‘rub, xizmat etarga tuting‘an xalqimdan dushmanliq ko‘ruvim ko‘nglima xafaliq soldi. Shulay-da bo‘lsa Qumboshidan boshqa jer ko‘rmagan, sartdan boshqa el ko‘rmagan avomlarning qilg‘an yomonliqlarin butun sart xalqi ustina yuklarga tilamam.

Mustafiy Cho‘qayef,
23-fevral (Tov orasi).

“Ulug‘ Turkiston” gazetasi,
1918-yil 26-mart. 74-son.