2-dekabr kuni soat 12:00 atrofida Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali talabasi o‘tkir zotiljam (pnevmoniya)dan vafot etdi, deya xabar bermoqda muassasa matbuot xizmati.

Oliygohning Davolash fakulteti 1-bosqich 112 “B” guruh talabasi bo‘lgan A.A. pnevmoniya asoratlari boshlaganidan buyon davo choralarini ko‘rib kelgan. Ammo shanba kuni tez tibbiy yordam shifokorlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, vafot etgan.

Akademiya filiali matbuot xizmatiging “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, 20 yoshli yigitning kasalikka chalinganiga 1 haftacha bo‘lgan. U o‘z uyida vafot etgan.

“Tegishli idora va vazirlikka ma’lumotlar yetkazildi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan”, — deyiladi xabarda.