Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan XIV jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 9 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.

50 dan oshiq davlatdan 200 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etgan jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida 7 ta, ayollar o‘rtasida 8 ta medallar jamlanmasi uchun kurash ketdi. O‘zbekistonlik sportchilari 7 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Oltin medal:

  • Pokizaxon Kamoliddinova;
  • Ulbusin Hakimova;
  • Hilola Ortiqova;
  • Jamshid Mamatrahimov;
  • Erkin Qozoqov;
  • Muhsin Hisomiddinov;
  • Chori Zoyirov.

Filura Ergasheva va Umid Esonov esa kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ushbu jahon chempionatining yakuniy sarhisobiga ko‘ra, umumjamoa hisobida Turkmaniston terma jamoasi ikkinchi, Qozog‘iston kurashchilari uchinchi o‘rinni egalladi.