Toshkent shahri Yangihayot tumanida 30-noyabr kuni voyaga yetmagan qiz o‘zini 6-qavatdan tashlashi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Soat 18:30 da tumanda joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashagan 2006-yilda tug‘ilgan qiz (Turkiya fuqarosi) noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlagan. Olgan tan jarohatlari oqibatida u shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.