10-dekabrdan Toshkent−Sariosiyo−Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Hozirgi kunda Toshkent−Termiz−Sariosiyo yo‘nalishida har kuni bir marta harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdi harakati mavjud. U ajralmas tarkib bilan, yangi qatnov esa Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanadi.

“Ikkita yo‘nalishda alohida qatnovlarni tashkil etish yo‘lovchi tashishlar sonini ikki barobarga oshirilishiga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Yo‘nalishlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 82-sonli Toshkent — Sariosiyo yo‘nalishi: Toshkent 21:40 — Sariosiyo 12:08;
  • 81-sonli Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishi: Sariosiyo 19:13 — Toshkent 11:47;
  • 80-sonli Toshkent — Termiz yo‘nalishi: Toshkent 19:50 — Termiz 9:40;
  • 79-sonli Termiz — Toshkent yo‘nalishi: Termiz 17:43 — Toshkent 8:53.

Eslatib o‘tamiz, 17-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida yil yakuniga qadar Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish haqida gapirgandi.