Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Saudiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va sheriklikni kengaytirish, jumladan, oliy darajadagi kelishuvlarni so‘zsiz amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma fond tashkil etilmoqda.

Saudiya delegatsiyasi tashrifi doirasida kimyo, energetika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, IT va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida 12 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

саудия арабистоni, шавкат мирзиёев, ҳолид al-фalиҳ

Shuningdek, transport infratuzilmasi va kommunal xo‘jaligi, geologiya, irrigatsiya, maishiy chiqindilarni qayta ishlash, oliy ta’lim, mehnat migratsiyasi bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard dollarlik yangi loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishib olindi.

O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishda eng katta sarmoyador va strategik hamkor bo‘lgan ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlik alohida qayd etildi. Bugungi kunda kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Prezident Sirdaryo viloyatida 1,5 gigavatt quvvatli zamonaviy issiqlik elektr stansiyasining faoliyati hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishlari boshlanayotganini olqishladi.

саудия арабистоni, шавкат мирзиёев, ҳолид al-фalиҳ

Shuningdek, vazir Holid al-Falih O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi “ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi va har tomonlama ko‘magi” uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.