Italiyada shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan 14 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan Afruza Hamdamovani 26-noyabr kuni kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident yordamchi Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

афруза ҳамдамоva, shaxmat

“Qizaloqning bosh murabbiyi — otasi Akbar aka Hakimovga alohida rahmat aytmoqchiman. Qizingizning iste’dodini rivojlantirishga kuch va vaqtingizni ayamaganingiz uchun tashakkur”, — deb yozadi Mirziyoyeva.

Yoshlar ishlari agentligining ma’lum qilishicha, Yoshlar press klubida Afruza Hamdamovaga 100 million so‘m, murabbiyiga esa 50 million so‘m pul mukofotlari topshirildi.

афруза ҳамдамоva, shaxmat

Mamlakat o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat tarixida Nodirbek Abdusattorov (2012-yil, 8 yoshgacha toifa) va Shamsiddin Vohidov (2015-yil, 14 yoshgacha) jahon chempionatlarida klassik nazoratda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. O‘zbekistonlik qizlar o‘rtasidagi bunday chempionatlarda haligacha oltin medal olinmagandi. Shu tariqa Afruza Hamdamova O‘zbekiston tarixida shaxmat bo‘yicha birinchi ayol jahon chempioni bo‘ldi. Bungacha o‘smirlar o‘rtasida Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Egamberdiyeva vitse-chempion bo‘lgan.