15-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda kuyov kelinni uydan vertolyotda olib ketayotgani, ortidan yettita Captiva avtomobili korteji kelayotgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining munosabat bildirishicha, voqea Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Kortej yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bergan.

Foto: Toshkent viloyati YHXB.Foto: Toshkent viloyati YHXB.

Haydovchilarga nisbatan 129-modda (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.