19-noyabr kuni Davlat bayrog‘i kuni bag‘ishlangan “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabar qilinishicha, 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

  • Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari.

Hokimlik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.