2-sentabrdan 12-noyabrga qadar Xanchjou shahridagi Xitoy milliy ipak muzeyida o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”ga 86 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati.

Loyiha XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada Osiyoning turli mintaqalaridan jami 150 ga yaqin libos namoyish etildi. O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi va Samarqand muzey-qo‘riqxonasi kolleksiyasidan 20 ta muzey eksponatini taqdim etdi. Ular orasida o‘zbek an’anaviy so‘zanalari, choponlar va zargarlik buyumlari bor.

Muzeylar buyumlari jamg‘arma qo‘llab-quvvatlovi bilan taqdim etildi.