2023-yilning oktabr oyi Yerdagi o‘rtacha harorat bo‘yicha rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yevropa Ittifoqining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Copernicus xizmati.

O‘tgan oyda o‘rtacha harorat 15,3 darajani tashkil etdi, bu 2019-yilda qayd etilgan avvalgi rekorddan 0,4 darajaga yuqori. Hisobotda qayd etilishicha, harorat anomaliyasi ham 1991−2020-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,85 darajaga yuqori bo‘lgan.

Meteorologlarning ta’kidlashicha, 1850-yildan 1900-yilgacha sanoatdan oldingi davrda oyning o‘rtacha oktabr haroratidan 1,7 daraja issiqroq bo‘lgan. Dengiz yuzasi harorati ham oktabr oyidagi rekord ko‘rsatkich — 20,79 darajaga yetgan.

“oktabr 2023-yilda rekord darajadagi haroratning to‘rtinchi oyi bo‘ldi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 2023-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ladi”, — deya qayd etdi Copernicus direktori o‘rinbosari Samanta Burgess.

2023-yilning sentabri ham eng issiq deb tan olingan. Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘rtacha harorati 16,38 darajani tashkil etgan.

Avvalroq Copernicus 2023-yilning yozini sayyorada “katta farq bilan” kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bo‘lganini yozgan edi. BMT rahbari Antoniu Guterrish o‘shanda sayyora qaynoq mavsumni boshdan kechirgani va iqlim inqirozi boshlanganini ta’kidlagan.