3-noyabr kuni Toshkentda “III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” doirasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotganlar ham taqdirlandi.

Mukofotlarni suratlardagi ketma-ketlik bo‘yicha BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sharlotta Adrian, Germaniya xalqaro agentligi (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yoaxim Frits hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik topshirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan OAV sifatida “Gazeta.uz” tahririyati e’tirof etildi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

газета.uz, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashishga hissa qo‘shayotgan eng faol jurnalist sifatida Ablay Kamalov taqdirlandi.

газета.uz, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Ablay Kamalov. Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.

“Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot nominatsiyasi esa “O‘zbekiston sanoat — qurilish banki” ATBga nasib etdi.

Faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdagi sa’y-harakatlari uchun nominatsiyasiga Kadastr agentligi loyiq ko‘rildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng faol hududiy kengash nominatsiyasi bilan Buxoro viloyat hududiy kengashi taqdirlanadi.