Toshkent metropoliteni “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishining “Tolariq” (10-bekat), “Xonobod” (11-bekat) va “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakatini 3 kunga to‘xtatadi. Bu haqda metropolitenning matbuot xizmat xabar berdi.

Harakat to‘xtatilgan vaqtda Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlaridagi qurilish ishlari tugatiladi. Ular mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lanadi.

Bu kunlarda “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati “Texnopark” (Do‘stlik-2) — “Qiyot” (9-bekat) bekatlari oralig‘ida tashkil etiladi. “Qiyot” (9-bekat)dan “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida qo‘shimcha avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatadi.