20-oktabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-100 benzini sotuvi boshlandi. Bu haqda AYOQSH tarmog‘i matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga oydinlik kiritishicha, ushbu benzin import qilinadi. Bir litrining narxi 15 800 so‘m. Taqqoslash uchun: Ai-92 narxi 10 200 so‘m bo‘lsa, Ai-80 narxi — 6050 so‘m.

Ai-100 hozircha faqat poytaxtdagi sakkizta yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilmoqda: Parkent bozori, Aloqa, Chinobod, General Uzoqov, Bodomzor, Qorasuv, Ahmad Donish, Cho‘pon-ota.