15-oktabr kuni kechqurun Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida avtobusda gaz balloni portlagani xabar qilingandi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 4 kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgandi.
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga 15-oktabr kuni soat 17:30 lar atrofida 24 nafar bemor olib kelingan.
Shundan 16 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. 4 nafar bemor turli jarohatlar bilan jarrohlik bo‘limida nazoratda qoldirildi. 4 nafar bemor reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Vafot etganlar yo‘q.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining qat’iy nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.