13-oktabr kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlari, xususan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qor yog‘di. Qamchiq dovonida esa harorat 0 darajadan pastga tushgani sabab qorning yerga yuqishi tezlashgan.

YHXX haydovchilardan bunday ob-havo sharoitida oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yoridan oshirmaslikni so‘radi. “Qamchiq avtoyo‘l” IYFUK dovonda ikki tomonlama xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida, maxsus texnikalar yordamida dovon yo‘lini qordan tozalamoqda. Soat 10:49 da YHXX Qamchiqda qor to‘xtagani va yo‘llar ochiqligini ma’lum qildi.

Tarmoqlarda qor yog‘ishi aks etgan videolar tarqaldi.

Video

Eslatib o‘tamiz, 11-oktabrda O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi aytilgandi.