Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tahlil qildi.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin, 8,8 foiz), gilos (6,9 foiz), piyoz (6,9 foiz), uzum (6,1 foiz), mayiz (5,5 foiz), o‘rik (4,3 foiz), qovun, tarvuz (4,8 foiz) hamda pomidor (3,3 foiz) egalladi.

Yilning dastlabki 8 oyi davomida xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 763,6 mln dollarga teng bo‘lgan 1 mln 246,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu esa 2022-yilning shu davridagiga nisbatan 16,7 foiz ko‘p hisoblanadi.

Eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 4,6 foizni tashkil etgan. O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (42 foiz), Pokiston (15,4 foiz), Qozog‘iston (12,1 foiz), Qirg‘iziston (8,4 foiz), Xitoy (8,3), Turkiya (2,2 foiz), Belarus (1,6 foiz), Afg‘oniston (1,3 foiz), Eron (0,9 foiz), Iroq (0,9 foiz) sanaladi.