2023-yilning oktabr oyi quruq va biroz iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.

Ko‘pincha kuzatilganidek, ushbu yilning sentabr oyi juda qulay harorat foni bilan kechib, quruq bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida bu oyda yomg‘ir umuman yog‘madi yoki biroz yog‘ib o‘tdi. Havo harorati +27…+32 daraja atrofida, janubda ayrim kunlarda +35…+39 darajagacha kuzatildi.

oktabrning birinchi haftasida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab havo harorati +11…+16 daraja atrofida bo‘lgan salqinlik kuzatiladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +23…+28 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +30 darajagacha isitadi.

Keyinchalik oyning oxirigacha respublika hududi bo‘yicha harorat kechalari +10…+15 darajadan +3…+8 darajagacha, kunduz kunlari +23…+28 darajadan +13…+18 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida oyning ikkinchi yarmida kechasi va ertalab havoda kuzgi sovuq va tuproqda 0…-3 darajagacha kuzatilishi mumkin. Bunday harorat oktabr oyining iqlimiy me’yoriga yaqin sanaladi.

oktabr oyida yomg‘irlar birinchi o‘n kunlikning oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida kutilmoqda.

Iqlimiy me’yorlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik oktabr oyida 4 kundan 8 kungacha, respublikaning eng chekka janubida 1 kundan 3 kungacha kuzatiladi. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi, ammo havoda keskin sovuq kuzatilganda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi istisno qilinmaydi.

Tungi havo haroratining o‘rtacha ko‘p yillik qiymati +6…+11 darajani tashkil etadi, lekin ko‘pincha oktabrda, ayniqsa, oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi. oktabr oyida kunduzgi harorat odatda +23…+28 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turadi.

O‘tgan yillarda oktabr qanday o‘tgan?

Sinoptiklarga ko‘ra, Toshkent uchun oktabr oyida minimal harorat rekordi -11,2 darajani tashkil etadi, ammo bu juda uzoq vaqt oldin — o‘tgan asrning boshlarida bo‘lgan. Oxirgi 30 yil ichida Toshkentda minimal harorat −1…−2 darajadan pastga tushmagan.

“Albatta, tabiat o‘z tuzatishlarini amalga oshiradi va ba’zida haroratning yoki yog‘ingarchilikning haqiqiy qiymatlari ko‘p yillik davr qiymatlaridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Masalan, Toshkentda meteorologik kuzatishlarning 150 yillik tarixi davomida ayrim yillarda oktabr oyida maksimal havo harorati +33…+35 darajaga yetgan. oktabr oyi haroratining mutlaq maksimumi +37,5 darajani tashkil etadi, bunday harorat 1941-yilda kuzatilgan”, — deyiladi O‘zgidromet xabarida.

So‘nggi 30 yil ichida O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha 2015-yilning oktabr oyi eng yomg‘ir ko‘p yog‘gan yil bo‘ldi. Ushbu yilda Toshkentda oktabr oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yoridan 3,5 marta ko‘p bo‘ldi, bunda ikki kunda 45 mm yog‘ingarchilik bo‘ldi, bu oktabr oyining oylik me’yoridan 2 marta ko‘pdir.

Ayrim yillarda oy uchun yog‘ingarchilik kuzatilgan kunlar soni 2−3 kundan ko‘p emas, lekin ba’zida, albatta, juda kamdan-kam hollarda Toshkentda umuman yog‘ingarchilik kuzatilmagan. Oxirgi marta bunday holat 2020-yilning oktabr oyida kuzatilgan.