Shavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Nyu-Yorkka amaliy tashrifi doirasida Air Products kompaniyasi boshqaruvi raisi, prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda AQSh davlat kotibining energetika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jeffri Payett ham ishtirok etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Air Products kompaniyasi O‘zbekistonda Uzbekistan GTL korxonasida sanoat gazlarini qayta ishlash, “Navoiyazot” negizida sintez-gaz, kislorod va azot, suyultirilgan karbonat angidrid ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda.

Oxirgi ikki yilda mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun mazkur kompaniyadan 1 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.

Suhbatda ko‘mirni gazlashtirish, texnik gazlar, vodorod va ammoniy ishlab chiqarish hamda achchiq gazlarni utilizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi.

Air Products ekspertlari karbonsizlashtirish sohasida zarur normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ham qatnashadi.

Loyihalar portfelidan oziq-ovqat sanoatiga innovatsion ishlanmalarni joriy qilish o‘rin olgan.

air products, Seyfi Gasemi, шавкат мирзиёев, Jeffri Payett

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda Air Products bo‘yicha umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar almashildi.

air products, Seyfi Gasemi, шавкат мирзиёев, Jeffri Payett

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Amerika hamkorligini kengaytirish va mamlakatdagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun Air Products kompaniyasi rahbari Seyfi Gasemi “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.