O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turida Eron ustidan yirik g‘alabaga erishdi. 12-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

Yagona golni o‘yinning 47-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev urdi. U raqib jarima maydonchasi yaqinida uzoqdan oshirilgan to‘pni mahorat bilan qabul qilib, Eron darvozasiga aniq zarba yo‘lladi.

O‘yindan so‘ng bosh murabbiy Timur Kapadze shogirdlari hisobni yiriklashtirishi mumkin bo‘lgani, ammo Eron posboni bir nechta seyvlarni amalga oshirganini ta’kidladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi to‘qqiz ochko bilan “E” guruhida yakka peshqadamga aylandi va turnirning final bosqichiga yo‘l oldi. Eron ikkinchi o‘rinda qoldi. Keyingi o‘rinlarda Afg‘oniston va Gonkong egalladi, ular parallel o‘yinda durang o‘ynadi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘yindan keyingi matbuot anjumanida barchani g‘alaba va Osiyo kubogi yo‘llanmasi bilan tabrikladi.

“Avvalambor barchani g‘alaba va Osiyo kubogi yo‘llanmasi bilan tabriklayman. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ancha kuch berdi. Ularning madadini so‘nggi soniyagacha his etib turdik. Afg‘oniston va Gong Kong terma jamoalariga qarshi o‘yinlar oson o‘tdi, biroq Eron ulardan kuchliroq ekani aniq edi. Shunday bo‘lishiga qaramay o‘yinda ularga imkoniyat qoldirmadik. Bahsga ertaroq nuqta qo‘yishimiz ham mumkin edi, biroq, minimal hisob uchrashuv so‘nggiga qadar hushyorlikni yo‘qotmaslikka undadi. Endilikda bor e’tiborimizni Osiyo o‘yinlariga qaratamiz”, — dedi u.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullayevning aytishicha, jamoa Eronning kuchli va zaif tomonlarini o‘rgangani sabab g‘alaba qozondi.

2024-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga 16 ta jamoa, jumladan, turnir tashkilotchisi Qatar ham yo‘llanma oldi. Ular orasida 11 ta guruh g‘oliblari, shuningdek, eng yaxshi to‘rtta ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar ham bor. Musobaqa 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayigacha bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilarning yakuniy tarkibi:

  • Qatar (turnir mezboni)
  • Iordaniya
  • Koreya Respublikasi
  • Vetnam
  • Yaponiya
  • O‘zbekiston
  • Iroq
  • Quvayt
  • BAA
  • Xitoy
  • Tailand
  • Malayziya
  • Avstraliya
  • Tojikiston
  • Saudiya Arabistoni
  • Indoneziya

Video

Foto

осиё kubogi u23, ўзбекистон - эрон, фuтбол