Iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va yerlarning degradatsiyasi 7-sentabr kuni Samarqandda boshlangan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyaning asosiy mavzulari hisoblanadi. U O‘zbekiston hukumati tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) texnik ko‘magida tashkil etildi va dunyoning 32 davlatidan 620 dan ortiq ishtirokchini birlashtirdi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” muxbiri.

Tadbirni bosh vazir Abdulla Aripov ochib, prezident Shavkat Mirziyoyev tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda koronavirus pandemiyasi va undan keyin global siyosat va iqtisodiyotdagi inqirozlar zanjirlarning uzilishiga va butun dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish zanjirida narxlarning oshishiga olib kelgani aytiladi.

“Bundan ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar jabr ko‘rmoqda. Global iqlim o‘zgarishlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimiga investitsiya hajmi kamayishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Bu esa Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni xavf ostida qoldirmoqda”, — deyiladi prezident tabrigida.

oziq ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro конференция

Prezident murojaatnomasida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarining tashqi ta’sirlarga chidamli, serhosil navlarini yaratish, chorvachilikni yaxshilash, fermer va kichik ishlab chiqaruvchilar uchun axborot-konsalting markazlarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Davlat rahbari O‘zbekiston “eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida”, shuningdek, oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish ekanini ta’kidladi.

FAO bosh direktori Syuy Dunyuy o‘z nutqida Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi muammolariga ayniqsa zaif va bu global oziq-ovqat savatiga ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi.

“Biz mintaqaga yordam berishimiz kerak. Texnologiyalar, investitsiyalar va iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish yo‘llari bilan”, — deydi xalqaro tashkilot rahbari.

oziq ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro конференция

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham pandemiya ta’siri va yangi muammolar haqida gapirdi:

“Pandemiya va global muammolar bizni eski yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishga, fermerlar va agrobiznesni rag‘batlantirish naqadar muhimligini isbotlashga, shuningdek, yangi dehqonchilik usullarini joriy etishga undaydi”, — dedi u.

Aziz Voitovning aytishicha, O‘zbekistonda qishloq oziq-ovqat sohasini o‘zgartirish jarayoni ketmoqda. Maqsadga erishish maqsadida mamlakatda qishloq xo‘jaligi salohiyatini rivojlantirish, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun dunyoning yetakchi olimlarini jalb etish rejalashtirilgan.

Foto: Madina NurmanFoto: Madina Nurman

“Dunyo oziq-ovqatning yuqori sifati va ko‘proq mavjudligini ta’minlash uchun yangi yechimlar va innovatsiyalarni talab qilmoqda”, — dedi vazir.

Tadbirning kirish qismidan so‘ng O‘zbekiston bosh vaziri va FAO bosh direktori qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Unda tadbir ishtirokchi davlatlari qishloq xo‘jaligini bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlovchi, suv resurslaridan optimal foydalangan holda ekologik jihatdan eng xavfsiz tarzda rivojlantirish, aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, qishloq ayollari, shuningdek, davlat darajasida kichik va oilaviy fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlarni kengaytirishdan manfaatdorlikni tasdiqlash kutilmoqda.