Katta miqyosdagi firibgarlikda ayblanib, Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan shaxslar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deya xabar bermoqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi.

Ular Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi milliy markaziy byurolarining xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda Birlashgan Arab Amirliklari hududida aniqlangan.

Qidiruvdagilar Toshkentga yetkazilish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq noqonuniy migratsiya, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etishda gumonlangan shaxs Nikaraguadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi. Uni qo‘lga olish AQSh, Rossiya, Meksika, Turkiya va Panama davlatlari organlari yordamida amalga oshirilgan.