23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqichida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Afg‘oniston ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi. 6-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 8:1 hisobida yakunlangandi.

Dastlab 13-daqiqada yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov uzoq masofadan jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan “Alaniya” hujumchisi Husayn Norchayev xet-trik (47ʼ, 53ʼ, 87ʼ) qayd etdi. Shuningdek, himoyachi Alibek Davronov (36ʼ), yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov (54ʼ), hujumchi Alisher Odilov (88ʼ), himoyachi Muhammadqodir Hamroliyev (90+1ʼ) o‘z hisoblariga gol yozib qo‘yishdi. Mehmonlarning yagona golini Umid Musafi (42ʼ) urdi.

Ushbu g‘alaba evaziga O‘zbekiston “E” guruhidan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Gonkongni 3:0 hisobida mag‘lub etgan Eron egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda Gonkong va Afg‘oniston.

осиё кубоги u23, футбол

9-sentabr kuni yoshlar terma jamoasi safarda Gonkong U-23 terma jamoasi bilan uchrashsa, 12-sentabr kuni o‘z maydonida Eron U-23 terma jamoasini qabul qiladi.

2024-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi final bosqichida 16 ta jamoa, jumladan, turnir tashkilotchisi Qatar ham ishtirok etadi. Ular orasida saralash bosqichi guruhlarining 11 ta g‘oliblari, shuningdek, ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rtta jamoa ishtirok etadi. Turnirning so‘nggi bosqichi 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayiga qadar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi Osiyo Kubogi-2022da Toshkentda O‘zbekiston finalda Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Video

Foto

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол

осиё кубоги u23, футбол