O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi XVIII jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Musobaqada erkaklar jamoasi ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasini 4 qavatiga ko‘tarilish turi bo‘yicha 3 o‘rinni, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turi bo‘yicha 3 o‘rinni, yong‘in o‘chirish estafetasi turi bo‘yicha 1 o‘rinni va jangovar yoyilish turi bo‘yicha 3 o‘rinni egallab, umumjamoa o‘rtasida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasiga yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionlari kubogi topshirildi. Qayd etilishicha, musobaqalarda barcha qit’alardan 20 dan ortiq jamoa ishtirok etgan.