O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-sentabrda 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot yakunlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Davlat rahbari tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish, davlat organlari tomonidan bildirilgan tashabbuslarning samarali amalga oshirilishini nazorat qilish va tadbirkorlik subyektlari tomonidan bir yil avval tashkil etilgan Prezident huzuridagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashi tarkibini yangilash bo‘yicha takliflarni ma’qulladi.

Endilikda kengash yig‘ilishlari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Kengashda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgunga qadar muhokama qilinadi.

Spot nashrining e’tibor qaratishicha, kengash a’zolari soni 22 nafardan 30 nafarga ko‘paymoqda, yangilangan tarkibda amaldorlar soni kamroq (ular quyida to‘q qora rang bilan ko‘rsatilgan). Kengash a’zolgidan chiqqanlar:

  1. Sardor Umurzakov — Prezident administratsiyasi sobiq rahbari;
  2. Laziz Kudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
  3. Ilhom Norqulov — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
  4. Sherzod Kudbiyev — Soliq qo‘mitasi boshlig‘i;
  5. Obid Hakimov — Prezident maslahatchisi o‘rinbosari;
  6. M.Allayarov — Prezident administratsiyasi Huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri o‘rinbosari;
  7. Mirziyod Yunusov — “O‘zeltexsanoat” boshqaruvi raisi;
  8. Abdulla Abduqodirov — Double A Solutions MCHJ sobiq asoschisi;
  9. Sarvar Axadov — Texnopark MCHJ direktori;
  10. Murod Nazarov — Murad Buildings MCHJ ta’sischisi;
  11. Q.Panayev — Uy-Jay Qurilis MCHJ sobiq direktori;
  12. Fazliddin Sirojiddinov — Uztex Group direktori;
  13. Kamol Abdullayev — Sam Antep Gilam qo‘shma korxonasi direktori;
  14. Toji Rasulov — Rasulov Toji MCHJ direktori;
  15. Jasur Aminov Red Star Oxus MCHJ direktori.

Kengashning yangi a’zolari quyidagilardan iborat:

  1. Larisa Belousova — O‘zbekiston muhandis-konsalting uyushmasi direktori;
  2. Gulnora Mahmudova — “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi;
  3. Murodjon Muhamedjanov — United Tax Advisors soliq maslahatchilari tashkiloti direktori;
  4. Elmurod Abdullayev — Sun-Hightech asoschisi;
  5. Rahmatjon Abdullayev — Almerro Group asoschisi;
  6. Odiljon Boltayev — Well Done rahbari;
  7. Anna Dobrix — Iftihor Kiyim Sanoat MCHJ rahbari, senator;
  8. Joldasbay Yesmurzayev — Medical Centre MCHJ ta’sischisi;
  9. Faxriddin Ilyasov — Ilyasov MCHJ ta’sischisi;
  10. Anvar Irchayev — Universalbank boshqaruvi raisi;
  11. Jozef Lasselberger — Lasselsberger MCHJ asoschisi;
  12. Xasan Mamasaidov — Dekos Group rahbari;
  13. Zafarjon Mustafoyev — Uzbek Leasing International kompaniyasi bosh direktori;
  14. Saidvali Nasretdinov — Agro Prodex Group direktori;
  15. Ulug‘bek Rahimov — Kid’s Plate Distribution asoschilaridan biri;
  16. Ulug‘bek Rasulov — Orient Ceramic asoschisi;
  17. Umidbek Safarov — Soliq Kalkulyatori direktori;
  18. Farhod Tashtemirov — K7 Hotel Management direktori;
  19. Haydar O‘raqov — Navobod naslli parranda fermer xo‘jaligi rahbari;
  20. Tohir Sharipov — Procab direktori.