O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 13,067 ball to‘plagan holda Mersin shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan World Challenge Cup series turkumiga kiruvchi tayanib sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Turkiya sportchilari Bengisi Yildiz (12,950) va Choren Biner (12,950) egalladi.

Erkaklar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida o‘zbekistonlik sportchi Abdulaziz Mirvaliyev 14,475 ball bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘rinni ukrainalik gimnastikachi Nazar Chepurniy egalladi — 14,900 ball, uchinchi o‘rin ukrainalik Igor Radivilovga nasib etdi — 14,450 ball.