30-avgust kuni Transport vazirligi Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasini e’lon qildi.

Xaritada ayrim bekatlarning yangi nomlarini va qurilayotgan yangi metro yo‘nalishini ko‘rish mumkin. Biroq unda qo‘shimcha ma’lumotlar, ish vaqti, yo‘lovchilar adashmasligi uchun bekatlarning avvalgi nomlari ko‘rsatilmagan.

metro, хариta

E’lon joylangach, ijtimoiy tarmoqlarda metro xaritasining turli xildagi variantlari tarqaldi. Xususan, Telegram`dagi Nuriddin blogs kanalida uning shartli belgilar va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirilgani joylandi.

Unda metro orqali avtobuslar yordamida aeroport, vokzalga qanday yetib olish mumkinligi, to‘lov usullari va shahardagi diqqatga sazovor joylar belgilari ham ko‘rsatilgan.

metro, хариta
Shuningdek, “Modifikator” kanali muallifi o‘zi yaratgan xaritani joylarkan, unda bekat nomlari o‘zbek va rus tillarida ko‘rsatilgani, eski nomlar ham qo‘shilgani va aeroportning joylashgan joyini hamda unga qanday borish kerakligini ko‘rsatganini ta’kidladi.

Shahar markazini sxematik tarzda ifodalash orqali turistlarga qulaylik yaratilgani qayd etildi.

metro, хариta

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni Toshkentda ochilganidan beri faqat raqamlar bilan ajratilgan 19 ta metro bekatiga nom berilgandi. “Do‘stlik — Qo‘yliq” yerusti metro halqa yo‘liga “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” nomi berilgan.

29-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan yerusti metrosining yangi uchastkasini borib ko‘rdi, metroda yurdi.