O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilgan Milliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazini borib ko‘rdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tibbiyot majmuasining hududi to‘rt gektardan ortiq. Jami 1500 kvadrat metr maydonga ega 7 ta bino barpo etilgan.

tibbiyot, шавкат мирзиёев, Milliy tibbiyot markazi, респuблика ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Milliy tibbiyot markazida jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boshqa bo‘limlar mavjud. Jami 169 turdagi 1000 dan ortiq ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.

Markaz 500 o‘ringa mo‘ljallangan. Ambulator va statsionar sharoitda 200 dan ortiq turdagi yordam ko‘rsatiladi. Markaz yiliga 3000 dan ortiq yuqori texnologiyali jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega, jumladan, aorta-koronar shuntlash, estetik-plastik xirurgiya, artroplastika, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish.

tibbiyot, шавкат мирзиёев, Milliy tibbiyot markazi, респuблика ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Markaz chekka hududlardagi bemorlarga ham masofaviy tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatiga ega.

Muassasa Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi qator mamlakatlarning yetakchi klinikalari bilan hamkorlik qiladi, deyiladi xabarda. Xodimlar — 250 nafar shifokor va 500 nafar tibbiyot xodimi malakasini xorijda oshirgan mahalliy mutaxassislar va xorijlik shifokorlardan iborat.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu mamlakatda shunday qulayliklarga ega bo‘lgan birinchi markazdir. Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli klinikalar u bilan bog‘lanadi.

Prezident majmua tarkibida ochilgan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham bo‘ldi.

tibbiyot, шавкат мирзиёев, Milliy tibbiyot markazi, респuблика ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Yangi markaz tibbiy ishlar bilan bir qatorda O‘zbekistondagi otorinolaringologiya xizmati faoliyatini ham muvofiqlashtiradi. Bu yerda “Yuqori nafas yo‘llari a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Eshitish va muvozanat a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi”, “Foniatriya va ronxopatiya” ilmiy laboratoriyalari tashkil etildi. Simulyatsion amaliy laboratoriya, jarrohlik xonalari va 60 ta o‘rin-joylar zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.

Davlat rahbari markazlardagi sharoitlar bilan tanishdi, shifokorlar bilan suhbatlashdi. Markaz yonida xorijiy tibbiyot institutini tashkil etish, kadrlar malakasini oshirish, kasalliklarning oldini olish ishlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Bu yerda juda katta tibbiyot universitetini ochamiz. Bolalarimiz shu yerda ham o‘qiydi, ham ishlaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov davlat rahbariga shunday dedi: “Hurmatli prezident, bu yerda sizga ko‘rsatadigan juda ko‘p narsalarimiz bor. Afsuski, sizning vaqtingiz kam, lekin hamma jihozlar eng so‘nggi modelda”.

tibbiyot, шавкат мирзиёев, Milliy tibbiyot markazi, респuблика ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Shavkat Mirziyoyev asosiysi bu uskunalardan foydalanish ekani, uni prezidentga emas, balki xalqqa ko‘rsatish kerakligini aytdi.

“Tibbiyotni cheklash mumkin emas. Qishloq xo‘jaligini cheklasa, traktor buziladi, paxta bo‘lmay qoladi. Tibbiyotni cheklasa, inson umri xavf ostida qoladi. Inson umrini xavf ostida qoldirish millatga, davlatga, kelajak avlodga xiyonat qilish bilan tengdir”, — dedi u.