28-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da Azur Air aviakompaniyasining Pxuket — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha ZF4002 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda kelib qo‘ndi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Holatga 1994-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan. Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 21:04 da samolyot bortida 336 nafar yo‘lovchi bilan Moskvaga jo‘nab ketgan.